2027-yildan sohada yagona tartibga soluvçi regulyator - Uzluksiz kasbiy rivojlaniş markazi faoliyat yurita boşlaydi.

Yangi markaz faoliyati Uzluksiz kasbiy rivojlaniş platformasi orqali taşkil etiladi. U 2027-yil 1-yanvarga qadar işga tuşirilib, “Tibbiy malaka” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Mazkur platforma orqali provayderlar va dasturlarning milliy reyestri yuritiladi, har bir mutaxassis uçun şaxsiy kabinet oçiladi, kreditlar hisobi olib boriladi va elektron sertifikatlar avtomatik ravişda rasmiylaştiriladi.

Iş beruvçilar esa öz xodimlarining portfoliosi va yillik hisoboti töğrisidagi maʼlumotlarni kuzatiş imkoniyatiga ega böladi.

Yiliga 50 kredit töplaş (örta tibbiyot xodimlari uçun 28 kredit) şifokorning kelajagiga qilinadigan sarmoyaga aylanadi. Uşbu kreditlar davlat röyxatidan ötkaziş va malaka toifasini beriş jarayonida hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.

Markaz xalqaro standartlar asosida barça provayderlar va dasturlarni mustaqil ravişda akkreditatsiyadan ötkazadi, şuningdek uzluksiz tibbiy taʼlim böyiça mahalliy akkreditatsiya taşkiloti sifatida faoliyat yuritadi.