16 fevral kuni Toşkent şahrida “Şahrisabz şahrida professional ta'lim Markazini taşkil etiş va Özbekistondagi professional öquv Markazlari salohiyatini kuçaytiriş böyiça konsalting” loyihasi doirasida Birinçi forum bölib ötdi.
Tadbir Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) Özbekistondagi Ofisi va Özbekiston Mehnat vazirligi tomonidan ötkazildi.
“Şahrisabz şahrida professional ta'lim Markazini taşkil etiş va Özbekistondagi professional öquv Markazlari salohiyatini oşiriş böyiça konsalting” loyihasining qiymati 8,5 million AQŞ dollarini taşkil etadi.
KOICA Ofisi direktori Im Jong Xining ta'kidlaşiça, Koreya va Özbekiston ta'lim, soğliqni saqlaş va suv resurslarini boşqariş, şuningdek, elektron hukumat yönalişlari böyiça yaqin özaro hamkorlikni davom ettirmoqda. KOICA professional tayyorlaşni rivojlantiriş böyiça ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratadi. 2012 yilda Toşkent professional ta'lim markazi foydalanişga topşirildi, unda şu kunga qadar 2800dan ortiq şaxs yuqori sifatli ta'lim oldi. Şuningdek, Samarqand şahrida ötgan yilning oktabr oyida qurilgan va foydalanişga topşirilgan professional ta'lim Markazi öz faoliyatini barqaror olib bormoqda. Bundan taşqari, joriy yildan boşlab KOICA qöllab-quvvatlaşi ostida Şahrisabz şahrida uçinçi professional ta'lim Markazini quriş işlari davom ettirilmoqda.
KOICA Ofisi direktorining ta'kidlaşiça, uşbu birinçi forum loyiha böyiça oraliq hisobotni taqdim etiş, şuningdek Özbekiston professional ta'lim sohasidagi qonunçilik, foydalaniş sohasidagi hujjatlarni işlab çiqişni muhokama qiliş uçun taşkil etildi. Şuningdek, iştirokçilar kelajakdagi rejalar haqida ham fikr almaşişdi.
Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Özbekiston va Koreya Respublikalari örtasidagi uzoq muddatga möljallangan özaro strategik hamkorlik doirasida qölga kiritilayotgan samarali natija va yutuqlarga, ikki xalq örtasidagi birodarlik riştalarining yanada kuçayib borayotganini va amalga oşirilayotgan loyihalar Özbekiston iqtisodiyotining taraqqiyotida muhim örin tutayotganligini ta'kidlab ötdi.
Şu bilan birga, A. Abduhakimov Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga möljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlaridan biri sifatida aholi, ayniqsa yoşlarning bandligini ta'minlaş masalalari, Özbekiston Hukumatining diqqat e'tiborida ekanligini qayd etib ötdi. Bu örinda, işsizlarni va band bölmagan aholini mehnat bozorida talab yuqori bölgan zamonaviy kasb-hunarga qayta öqitiş va malakasini oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi KOICA bilan hamkorlikda “Özbekistonda kasb-hunarga öqitiş imkoniyatlarini rivojlantiriş” loyihasi doirasida Şahrisabz şahrida navbatdagi zamonaviy Kasb-hunarga öqitiş markazlari taşkil etilayotganligi aytib ötildi.












