Avstraliyaning Kobram şahridagi North Vic Engines avtomobil tovarlari dökoni xodimlari qizil etak (Latrodectus hasselti) nomini olgan örgimçak va jigarrang törsimon ilon jangini tasvirga olişga muvaffaq bölişdi. Mashable şu haqida ma'lumot berdi. 

Örgimçak dastlab ilonni öz töriga ilintirdi, söng unga yaqinlaşib çaqib oldi. Buning natijasida ilon halok böldi. 

"Bugun kiçik ilon bizni "ziyorat" qildi. Omadimiz bor ekan, örgimçak uni topib, biz uçun öldirdi!", - deb yozadi dökon xodimlari. 

Bunday turdagi örgimçaklar bir çaqişda hatto insonning hayotiga ham nuqta qöyadi. 

Keyinroq dökon xodimlari yana bir video taqdim etişdi va uni "Barça xeyterlar uçun!" deb ataşdi. U original rolikda örgimçak töri örniga ilonni osib qöyişgan deya ta'kidlagan kişilarga bağişlandi. 

"Ötgan yili ham xuddi şunday vaziyat kuzatilgandi, öşanda ham örgimçak ğolib bölgan. Bizning mamlakatimizda bu tabiiy. Bizda örgimçaklar va ilonlar köp, şunday ekan, buning ajablanarli yeri yöq", - dedi videoni tasvirga olgan dökon xodimi Brenton Mayyer. 

Qizil etakli örgimçak dunyoning eng xatarli örgimçaklari röyxatida törtinçi örinni egallaydi. Uning raqibi esa eng xavfli ilonlar röyxatida ham ikkinçi örinni egallaydi.