Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning barcha prezidentlari reytingi tuzib chiqildi, Obama 12-o‘rinda
Amerikalik tarixchilar Barak Obamani AQShning barcha prezidentlari reytingida 12-o‘ringa munosib ko‘rishdi. U Vudro Vilsondan keyingi o‘ringa joylashtirilgan. Birinchi uchlikka Avraam Linkoln, Jorj Vashington va Franklin Ruzvelt kiritilgan.
Ushbu reytingni tuzish bilan shug‘ullanuvchi C-SPAN telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Obama iqtisodiy boshqaruv sohasida yaxshiroq ko‘rsatkichga ega bo‘lgan. Bu borada u 8-natijani ko‘rsatgan. Oq uyning sobiq rahbari eng yomon natijani Kongress bilan hamda xalqaro munosabatlar sohasida namoyish etgan va tegishli ravishda 39-, 24-o‘rinlarni egallagan.
Reyting AQSh yetakchilari autsayderlari sifatida Jyeyms Byukenen, Endryu Jonson va Franklin Pirsni qayd etgan.
Obamadan avvalgi prezident Jorj Bush kichik 43 nafar prezidentlar orasida 33-o‘ringa munosib ko‘rilgan. Tarixchilarning fikricha, Bush kichik o‘zini xalqaro munosabatlarda juda yomon namoyon etgan.
O‘ziga xos reytingni tuzishda Amerika yetakchi universitetlarining 91 nafar tarixchi va boshqa mutaxassislari qatnashgan.
Mavzuga oid
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
21:35 / 17.01.2026
AQShda rekord darajada ko‘p migrant ushlandi
20:58 / 17.01.2026