Belarus respublikasining minglab fuqarolari dangasalik, tekintomoqlikka soliq soliş töğrisidagi qarorga noroziliklarini izhor qiliş maqsadida Minsk köçalariga çiqişdi.
17 fevral kuni Minskda «Jahli çiqqan beloruslar yurişi» nomi bilan norozilik aksiyasi ötkazildi. Taşkilotçilarning taxminlariga köra, şu kuni keçqurun Oktyabr maydonida 3 mingdan 5 ming nafargaça kişi töplangan. Ular dastlab miting ötkazgan, keyinçalik köça böylab marşda qatnaşganlar.
Namoyişçilar «Jyve Belarus!», «Lu, uxodi!» kabi sözlarni aytişgan hamda Lyapis Trubetskoyning qöşiğini kuylaşgan. Marşning ayrim iştirokçilari maş'alalar (faşistlar va neonatsistlar timsollaridan biri) kötarib olişganiga qaramay, politsiya heç kimni hibsga olmagan.
Namoyişçilar hukumatga talabnoma uçun ovoz berişgan. Unda boqimandalik töğrisidagi dekret bekor qilinişi, aholi real daromadlarini pasayişiga barham beriş, nafaqa yoşini kötarmaslik, erkin va adolatli saylovlarni qaytariş talab qilingan. Mazkur rezolyutsiya soliq vazirligiga yuboriladi.
Beloruslarning noroziligiga sabab bölgan qonunga köra, nogironlar, voyaga yetmaganlar va nafaqaxörlardan taşqari barça işsizlar davlat xarajatlarini moliyalaştiriş uçun 250 AQŞ dollariga yaqin soliq tölaşi talab etiladi. Hukumatning fikriça, bu ijtimoiy boqimandalikka qarşi kuraşda yordam beradi.
Soliq vazirligiga binoan, şu paytgaça 470 ming nafar işsizdan 46 mingga yaqini soliqni tölagan. Sönggi muddat 20 fevralgaça etib belgilangan.
Dekret 2015 yil aprelida kuçga kirgan edi. Unga muvofiq, bir yilda kamida 183 kun işlagan va qolgan vaqtda mehnat birjasida röyxatda turmaganlarga tegişlidir.
Şu kabi qonun sobiq SSSRda ham 1961-1991 yillarda amal qilgan.






















