Özbekistonning birinçi raketkasi Denis Istomin Niderlandiyaning Rotterdam şahrida bölib ötayotgan ATR turniri ikkinçi davrasida bolgariyalik raqibi Grigor Dimitrovga 6/7, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Sportçilar kortda 1 soat 33 daqiqa öynaşdi. Bu vaqtda jahon reytingida 76-örinda borayotgan 30 yoşli Denis uçta eys va bitta breykni amalga oşirdi. Dunyoning 12-raketkasi 25 yoşli Grigor olti uzatmani a'lo darajada bajardi, uçta breyk-poyntni amalga oşirdi va ikki bor ikkitalik xatoga yöl qöydi. Şunday qilib, bolgariyalik tennisçi şaxsiy uçraşuvlardagi hisobni 3:0ga yetkazdi.
Musoqaba çorak finalida Dimitrov belgiyalik David Goffen bilan kuç sinaşadi.












