Tokioda 2020 yilda ötadigan yozgi Olimpiada uçun medallar eski mobil qurilmalardan olinadigan oltin, kumuş va bronza elementlaridan tayyorlanadi.

Şu maqsadda Yaponiyada eski gadjyetni olib kelib, medallarni tayyorlaş uçun qayta işlaşga topşiriş mumkin bölgan maxsus qutilar örnatildi. Aktsiyaning birinçi kuni yuzdan köproq odam özlarining kerakmas qurilmalarini topşirişgan.

Bu loyihadan maqsad Olimpiada öyinlarini ötkazişga xarajatlarni qisqartiriş hisoblanadi. Hozirda bu öyinlarni taşkil qiliş uçun 25 mlrd dollardan köproq pul sarflab bölindi. Yaponiya hukumati Olimpiadada öynaladigan barça medallar töplamini tayyorlaş uçun 8 tonnaga yaqin metall töplaşni möljallamoqda.