2022 yilgi Pekin Olimpiadasi taşkiliy qömitasi musobaqalar ğoliblari va sovrindorlariga topşiriladigan medallar şodasini taqdim qildi. Şuningdek, Paralimpiada medallari ham namoyiş qilingan.
Medallar taqdimoti 26 oktyabrda, Pekin Olimpiadasi boşlanişiga 100 kun qolganda ötkazilgan.
Medallarning old tomonida Olimpiada halqalari, uning atrofida Öyinlarning ingliz tilidagi töliq nomlanişi öyib çiqilgan. Orqa tomonida esa XXIV qişki Olimpiada ramzi va xitoyçadagi töliq nomlanişi tuşirilgan. Şuningdek, şu tomonda bir neçta halqa bor bölib, ularda 24 ta nuqta joylaştirilgan. Bu nuqtalar “çeksiz yulduzli osmon”ni hamda “inson va tabiat uyğunligi”ni hamda ötkaziladigan Olimpiadaning tartib raqamini anglatadi.

Medallar uçun quti bambukdan işlangan bölib, taşkilotçilarning aytişiça, bu Xitoy madaniyatiga xoslik va ekologik Öyinlar ğoyasiga moslikni ta'kidlaydi.
Pekin Olimpiadasi 2022 yil 4-20 fevral, Paralimpiada esa 4-13 mart kunlari bölib ötadi. Avvalroq musobaqalarga pandemiya sababli xorijiy muxlislar qöyilmasligi ma'lum qilingandi.












