Janubiy Koreya hukumati KXDR yetakçisining tönğiç akasi Kim Çen Namning ölimi ortida Pxenyan turibdi deb hisoblaydi. Bu haqida Koreya Respublikasi hukumat  vakilining sözlariga asoslanib, Reuters ma'lum qildi. 

"Biz 5 nafar gumondorning KXDRdan ekanini inobatga olgan holda, uşbu hodisa ortida Şimoliy Koreya rejimi turibdi, deb hisoblaymiz", - dedi hukumat vakili. 

Ta'kidlaş joizki, Malayziya milliy politsiyasining rahbar örinbosari Nur Raşid Ibrohim Kim Çen Namning ölimi munosabati bilan Vetnam va Indoneziya fuqarolari qölga olingani haqida xabar bergandi. Bu ikki ayol Malayziya va KXDR fuqarolari bilan yaqindan taniş bölgan. U 13 fevral kuni yana 4 nafar şimoliy koreyalik mamlakatni tark etgani haqida ma'lum qildi. Politsiya vakilining sözlariga köra, yana 3 nafar şaxs qidirilmoqda, ulardan biri - KXDR fuqarosi.