Xitoy hukumati kompyuter öyinlariga qaramlik bilan kuraşiş haqida qaror qabul qildi. Bu yoş geymerlarga taalluqli. Siyosatçilar 18 yoşga tölmagan öyinçilar uçun komendantlik soatini amalga tatbiq etişmoqda.
Hukumat voyaga yetmagan geymerlarga yarim tundan ertalabki soat 8ga qadar öynaşni taqiqlamoqçi. Bu qonun loyihasi mobil va boşqa devayslarni ham közda tutadi. Uning bajarilişi maxsus dasturiy ta'minot tomonidan nazorat qilinadi.
Avvalroq Xitoyda öyinçilar onlayn-öyinlarda röyxatdan ötişlari jarayonida şaxsni tasdiqlovçi hujjatdan foydalanişlari majburiy qilib qöyilgani, şuning uçun hukumat geymerlar faolligini kuzatib borişda heç qanday qiyinçilikka duç kelmasligi xabar qilingandi.
Bu jarayonda qandaydir qoidabuzarliklar röy bersa dasturiy ta'minot geymerlarni öyindan çiqarib yuboradi. Yangi talablarni bajarişdan boş tortgan kompaniyalar yoki jarimaga tortiladi, yoki butunlay yopiladi.
Yangi qonun loyihasi 2017 yilning martidan kuç kiradi.












