Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu buyuk britaniyalik hamkasbi Maykl Fellonning bayonotiga munosabat bildirdi. Britaniyalik vazir öşanda Ğarb "rus ayiği Liviyaga öz panjalarini çözişi"ni istamasligi haqida gapirgandi.

"Ularning hayvonot boğida ayiqqa buyruq bera oladigan jonzot bormikin?", degan Şoygu.

"Agar "hayvonlar mavzusi"ni davom ettiradigan bölsak. Ularning gerbida — şer, töğrimi? Şunday qadimiy maqol bor: barça şerlar — muşuklar, ammo barça muşuklar ham — şer emas. Keling, barça öz işi bilan şuğullansin. Biz ularning hayvonot boğida nima yaşayotgani bilan qiziqmaymiz", — degan Şoygu talabalar bilan uçraşuv vaqtida yuzida yengil tabassum bilan.

Myunxendagi konferensiya vaqtida Fellon Ğarb tomonini Rossiya bilan Liviya böyiça aloqalar holati qoniqtirmasligini aytgandi. Britaniyalik vazirning fikriça, şu orqali Moskva "Ğarbning kuçini bilib olmoqçi".

"Biz u yerga ayiq öz panjalarini tiqiştirişini istamaymiz", deya vazirning sözlarini keltirgandi Daily Mail.