Rossiya Mudofaa vazirligi Innovatsion rivojlaniş boş boşqarmasi boşliği örinbosari general-mayor Vladimir Şesterov korrupsiya işi böyiça qölga olindi. Bu haqda mamlakat Tergov qömitasi xabar berdi.

Yuqori martabali ofitser «Patriot» boği va körgazma markazi faoliyati uçun ajratilgan budjet mablağlarini talon-toroj qilişda ayblanmoqda. «TASS» ma’lumotlariga köra, öğirlangan mablağlar 40 million rublni taşkil etadi. Ayni vaqtda generalni hibsga oliş masalasi muhokama etilmoqda.

Qayd etilişiça, Şesterov bilan birga «Patriot» parki direktori polkovnik Vyaçeslav Axmedov ham uşlangan va u tergov izolyatoriga yuborilgan. Şuningdek, landşaft majmuaning bir neça xodimi ham söroq qilinmoqda.

Iyul oyida «Patriot»da davlat xaridlarida talon-toroj holatlari yuzasidan tergov ötkazilgandi. Boğ mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Sergey Şoygu davrida, aprelda milliardlab pora oliş böyiça hibsga olingan uning örinbosari Timur Ivanov rahbarligi ostida qurilgandi. Maydoni 3,5 ming gektardan ortiq majmua hududida harbiy-vatanparvarlik muzeyi, tarixiy voqealarni rekonstruksiya qiliş zonasi, şuningdek, Mudofaa vazirligining asosiy çerkovi joylaşgan. Çerkovning qurilişini öziga budjetdan 2 milliard rubl sarflangani aytiladi.

Şesterov aprel oxiridan beri qölga olingan beşinçi general hisoblanadi. 26 iyulda Tergov qömitasining mudofaa vaziri sobiq örinbosari armiya generali Dmitriy Bulgakovga ham e’tirozlari yuzaga kelgani ma’lum bölgandi. U qöşinlarga qimmat narxda sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berib, 1,3 milliard rubl zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Ayni vaqtda u «Butirka» tergov izolyatorida saqlanyapti.

23 may kuni Rossiya Qurolli Kuçlari Aloqa boş boşqarmasi boşliği — Boş ştab boşliği örinbosari general-leytenant Vadim Şamarin ham hibsga olingandi. U Permdagi «Telta» telefon zavodi boş direktori va boş buxgalter Yelena Grişinadan 36 million rubl miqdorida pora olganlikda ayblanmoqda.