Rossiya me'yordagidek hamkorlikka tayyor, ammo unga nisbatan kuç nuqtai nazaridan munosabatlarga emas. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu "Rossiya 24" telekanali efirida ana şunday fikr bildirdi.

U Germaniya mudofaa muassasasi rahbari Ursula fon der Lyayyenning Moskva bilan "kuç tomonlama" muloqot qiliş kerakligi haqidagi sözlariga ana şunday izoh berdi.

Şoygu tarixni esga olişga çaqirdi.

"Germaniyaning bizning mamlakatimizda qilgan işlaridan keyin, menimça, bu mavzuda yana 200 yil söz oçmaslik kerak edi", - dedi u.

"Kuç nuqtai nazaridan gaplaşişga kelsak, yana öşa gap – tarixga qayting. Agar tarixni öqimasangiz – Rossiya bilan kuç tomonlama gaplaşiş qanaqa bölişini bobolaringizdan sörang. Ular aytib berişsa kerak", - dedi Şoygu. 

Avvalroq, aprelda Ursula fon der Lyayyen Rossiyaga qarşi sanksiyalarni saqlab qoliş zarurligini gapirgandi. U şuningdek, "Moskva bilan muloqot vaqtida birlik va kuç pozitsiyasini egallaşga tayyor turişimiz darkor" degandi.