AQŞning Ford kompaniyasi uçinçi bosqiç avtopilot (avtomobilning mustaqil ravişda harakatlanişi)ini joriy qilişni bekor qilişni rejalaştirmoqda. Bunda elektronika buyruği yoki favqulodda vaziyat tufayli avtomobil boşqaruvini inson öz ixtiyoriga oladi. Kompaniyaga köra, bu kabi boşqaruvning umuman foydasi yöq. Bloomberg agentligining xabar qilişiça, Amerika işlab çiqaruvçisi buning örniga töliq avtopilotli maşinalarni işlab çiqariş niyatida. Ular 2020 yildan söng paydo bölişi kerak.

Ford avtomobillariga örnatilgan uçinçi bosqiç avtopilotlarini sinaş çoğida aniqlanişiça, sinovçilar mudrab qolişgan. Titrovçi örindiqlar va rul, muhandis yoniga hamroh qöyilişi ham foyda bermagan. Har safar avtomobilning bir xil harakatidan sinovçilar mudrab qolaverişgan.

«Ular barçasini tekşirib, kuzatişi lozim bölgan muhandislar edi, — deydi Ford  yangi işlanmalari rahbari Raj Nair. — Ammo, bu inson tabiati: sen avtomobilga qançalik köp işona boşlasang, diqqat bilan kuzatişning hojati yöqligini anglay boşlaysan».

Bu qaraş faqatgina Ford kompaniyasiga tegişli xulosa emas. Google korporatsiyasi ham şunday fikrda. Unga tegişli avtopilotlar bilan şuğullanuvçi Waymo kompaniyasining fikriça, ehtimol uçinçi darajali avtopilotga ega maşinalarni işlab çiqarmagan ma'quldir. 

Yarim muqobil avtomobillarda rul boşqaruvi, tezlik va tormoz pedallarini qurilma boşqaradi hamda atrofdagi vaziyat örganib boriladi. Biroq, ayrim vaziyatlarda inson iştiroki talab etiladi. Bunda, elektronika, masalan, BMW, Audi va Mercedes-Benz avtomaşinalarida 10 soniya avval haydovçini ogohlantiradi. Nissan va Honda maşinalari 30 soniya avval ogohlantirişni boşlaydi. Biroq, köplab ekspertlarning fikriça, haydovçi öz vaqtida qaror qabul qilişi uçun bu vaqt yetarli emas. 

«Biz beş, ön soniya deganlariga işonmaymiz, — degan Volvo rahbari Xakan Samuelson. — Bu baribir xavfli. Agar siz biror narsa bilan maşğul bölsangiz, tadqiqotlarga köra, nima bölayotganini tuşunib, vaziyatni baholab, boşqaruvni qölga olişga 2 daqiqa talab etiladi. Bundan kam vaqtda bölişi mumkin emas. Şunga köra, uçinçi darajali muqobil boşqaruv tizimi umuman keraksiz bölib çiqadi».