2018 yilgi prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik unda Vladimir Putinning iştirok etişini hisobga olgan holda olib borilmoqda. Kreml ma'muriyatida bölayotgan yiğilişlarda, Putin uçun avvalgi kampaniyalarda bölganidan ham köproq odam ovoz berişi kerakligi muhokama qilinmoqda, deb hikoya qilişgan RBK agentligi manbalari.

«Men uning iştirok etişiga (nomzodini ilgari surişi nazarda tutilmoqda) şubha qilmayman», — degan RBK suhbatdoşlaridan biri.

«Hammasi şundan darak bermoqdaki, boşliq (Putin) saylovlarda qatnaşadi. Barça bu uning sönggi muddati bölişini ham tuşunib turibdi. 2024 yildan keyin ham qoliş uçun u heç narsani özgartirmaydi», — deb qöşimça qilgan boşqa bir federal mulozim. 

Kreml ma'muriyati rahbarining birinçi örinbosari Sergey Kiriyenko prezident qarorgohida bölib ötgan yiğilişlardan birida faqatgina Putinning saylanişi emas, balki saylovdan keyingi holat muhim ekani xususida fikr bildirgan. Aniqroği, uning navbatdagi muddatining kun tartibini belgilab oliş jiddiy masaladir, deya Kiriyenko sözlarining mazmuni bilan örtoqlaşgan majlis qatnaşçilaridan biri RBKga. 

Uning aytişiça, «Kiriyenko sözlaridan Putinning sönggi muddati haqida gap borayotganini tuşuniş mumkin edi», — deb xulosa qilgan RBK manbasi.

Rossiya Konstitutsiyasi qatorasiga ikki marta prezidentlik lavozimini egallaşni taqiqlaydi. Agar Putin 2018 yilda saylansa, Asosiy qonun talabiga köra, 2024 yilda vakolati poyoniga yetganidan olti yil ötgaç 2030 yilda yana nomzodini ilgari surişi mumkin.