Gartner hisobotiga köra, bugungi kunga kelib dunyo bozorida smartfonlar işlab çiqaruvçilar örtasidagi raqobat deyarli yöqoldi. Hisobotga köra, sotilayotgan smartfonlarning 99 foiziga Android yoki iOS operatsion tizimlari örnatilgan.
Bunçalik katta farq avval kuzatilmasdi. 2010 yilda Android va iOS bozorning köpi bilan 40 foizini egallardi. Öşa vaqtda Symbian va BlackBerry qurilmalarining bozordagi uluşi köproq, Windows smartfonlari hissasi esa 4,2 foiz edi.

Ötgan vaqt içida Symbian qurilmalari yöq bölib ketdi, BlackBerry kompaniyasi esa Android operatsion tizimiga ötdi.
Microsoft hozirça foydalanuvçilari uçun Windows 10 Mobile platformasidan voz keçmadi. Ammo Windows yoki boşqa istalgan platforma Android yoki iOS’ga raqobat tuğdira olişi ehtimoldan yiroq.












