Litvaning Klaypeda şahri politsiyaçilari NATOning 5 askarini qölga olişda elektroşokerdan foydalanişlariga töğri keldi, deb xabar bermoqda Litva içki işlar vazirligi politsiya departamentiga iqtibos keltirgan holda Baltnews.lt.
Ma'lum qilinişiça, 19 fevralga ötar keçasi NATOning mast holatdagi bir guruh harbiylari tungi klub yonida janjal çiqargan. Çexiya millatiga mansub bölgan harbiylar voqea joyiga çaqirtirilgan politsiyaçilarga qarşilik körsatmoqçi bölişgan. Politsiyaçilar bezorilarini tinçlatiş uçun elektroşokerlar qöllaşga majbur bölganlar.
Çexiyalik harbiylar şaharga yanvarda kelişgan, ular fevral oxirida sohilböyini dengiz desantidan himoya qiliş böyiça qöşma maşğulotlarda iştirok etişlari kerak. Qoidabuzar harbiylar taqdirini ularning qömondonlari hal qilişadigan böldi.
Naşrning ma'lum qilişiça, NATO harbiylari iştirokidagi bunday bezoriliklar avval ham Şyaulyay, Ionava, Kaunas va Vilnyusda qayd etilgan.












