Honkongning «Istern» klubi boş murabbiyi Çang Yung Tin Osiyo çempionlar ligasida boş murabbiy sifatida işlagan ilk ayol mutaxassisga aylanadi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar tarqatdi.

28 yoşli murabbiy bilan «Istern» mamlakat çempionatida zafar quçişga muvaffaq bölgan. Jamoa şu orqali Osiyo klublarining eng nufuzli musobaqasida iştirok etiş huquqini qölga kiritgandi.

«Istern» OÇL doirasidagi birinçi tur uçraşuvini 22 fevral kuni Xitoyning «Guangçjou Evergrand» klubiga qarşi ötkazadi. Uçraşuv Xitoyda bölib ötişi közda tutilgan.