Bugun, 20 fevral kuni Tojikiston poytaxti Duşanbedan Toşkentga kelişi kutilgan yölovçi samolyoti kelmadi. 

Somon Air aviakompaniyasi ma'lumotiga köra, reys bekor qilingan. Kompaniyada aytilişiça, 25 yil içidagi birinçi muntazam reys bölişi kutilayotgan bu reys orqali 26 nafar yölovçi Özbekistonga kelişi kerak edi. Reys bekor qilingaç, çiptalar uçun tölangan mablağlar yölovçilarga qaytarilgan, ba'zilari boşqa yönaliş uçun almaştirib berilgan.

«Kun» tahririyati «Özbekiston havo yöllari» MAKning matbuot xizmati rahbariga şu masala yuzasidan ma'lumot oliş uçun murojaat qildi.

Uning aytişiça, Somon Air tomoni reys amalga oşirilişi uçun tegişli rasmiyatçilik işlarini bajarmagan, zarur hujjatlar jönatilmagan.

U Toşkent aeroporti Duşanbedan reysni qabul qilişga tayyor emasligi haqidagi taxminlarni inkor qilgan. Ayrim naşrlarda şu mavzuda aytilganidek, Özbekiston tomoni bu reysni asossiz ravişda «taqiqlab» qöymagan. Bundan avvalgi xabarlarda Tojikiston aviakompaniyasidagi manbaga asoslangan holda Toşkent aeroporti bu reysni qabul qilişdan boş tortgani aytilgandi.

Xususan, Somon Air rahbariyati bunday sözlar tarqalgani uçun «Özbekiston havo yöllari»dan uzr söragan.

Yaqin vaqt içida «Özbekiston havo yöllari» matbuot xizmati bu borada rasmiy izoh beradi.

Eslatib ötamiz, 10 fevral kuni Duşanbedan Toşkentga sinov reysi amalga oşirilgandi. Bu reys orqali Toşkentga Tojikiston aviatsiya tizimi delegatsiyasi va jurnalistlar kelgandi. Öşanda 20 fevraldan boşlab muntazam qatnovlarni yölga qöyiş böyiça muzokaralar olib borilgan.

Ma'lumot uçun, Tojikiston va Özbekiston örtasidagi aviaqatnovlar 1993 yilda, qöşni davlatda yuzaga kelgan notinç vaziyat tufayli töxtatilgan edi.

Ötgan vaqt mobaynida 2 marta parvozlarni qayta yölga qöyişga kelişilgan, ammo bu kelişuvlar amalga oşmagandi.