Amerikalik maşhur aktyor Al Paçino va dunyoning eng maşhur teleboşlovçilaridan biri Opra Uinfri Saudiya Arabistoni köngiloçarliklar boş boşqarmasi tomonidan taşkillaştirilgan tadbirlar doirasida qirollikka taşrif buyuradilar. Bu haqda boşqarma rahbari Amr al-Madaniyga iqtibos keltirgan holda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
Al-Madaniyning aytişiça, Al Paçino Saudiya Arabistonida 11-12 may kunlari böladi. Aktyor teleşouda iştirok etib, sayohatlari va kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlar haqida sözlab beradi. Opra Uinfri esa sentabrda Jiddaga va dekabrda Ar-Riyodga taşrif buyuradi. Teleboşlovçi ayollar uçun körsatuvda iştirok etib, OAVdagi iş tajribasi bilan bölişadi.
Bundan taşqari, Saudiya Arabistonida 2017 yilda belgilangan köngiloçar tadbirlar orasida Kanadaning maşhur Cirque du Soleil va Katta Moskva sirklarining tomoşalari bor.
Ma'lumot uçun, Paçino bir marotaba "Oskar", 5 marotaba "Oltin globus" mukofotini qölga kiritgan, bir qator kinomatografik va teatr mukofotlari sohibi.
Opra Uinfri esa AQŞning eng maşhur insonlaridan biri hisoblanadi: "Forbs" jurnali ötgan yil dekabrda uni AQŞning eng boy maşhurlari orasiga kiritgan. Teleboşlovçi bu röyxatda 2,8 mlrd dollarlik boylik bilan 3-örinni egallagan va bu borada rejissyorlar Jorj Lukas (4,6 mlrd dollar) va Stiven Spilbergdan (3,7 mlrd dollar) keyin kelmoqda.












