Gollandiyalik talaba Uillem Pennings (Willem Pennings) M&M’s va Skittles kabi konfetlarni rangi böyiça saralaydigan maşina yasadi. Muallif ixtiro haqida öz blogida xabar berdi.

Pennings maşinani yasaşda 2013 yilda yasalgan şunga öxşaş agregatdan ilhom oldi. Qurilma Arduino taxtasi, dvigatel va ranglarni aniqlaş uçun RGB-sensoridan iborat. Korpus yoğoçlardan tayyorlangan, mexanizm qismlari 3D printerida yaratildi. Maşina bir soniyada ikkita konfetni saralab bera oladi. 300 gramm qiymatidagi şokolad donalarini saralaşi uçun esa unga taxminan 3 daqiqa kifoya. 

Ijodkorning fikriça, u öz loyihasi ustida 2016 yilning may oyidan işlaşni boşlagan va dekabrda tamomlagan. Maşinani yiğiş uçun u 500 yevro mablağ sarflagan.