Yevropa çempionlar ligasining 1/8 finalidan örin olgan eng qiziqarli uçraşuvlardan biri Mançesterda bölib ötdi. Gvardiola boşçiligidagi «Mançester Siti» Jardimning «Monako»sini qabul qildi.

Oz emas, köp emas sakkizta gol kiritilgan uçraşuvda «Mançester Siti» ikki marta hisobda ortda borayotganiga qaramasdan, ğalabani ilib ketişga muvaffaq böldi.

Avvaliga Rahim Sterling jamoasini hisobda oldinga olib çiqqandi. Keyinroq Falkao va Mbappe tomonidan kiritilgan gollar evaziga mehmonlar oldinga çiqib olişdi. Ikkinçi bölimda Serxio Aguero hisobni tenglaştirdi. Biroq köp ötmay Falkao yana jamoasini oldinga olib çiqdi. Bungaça u penaltini aniq amalga oşira olmagandi.

Şundan keyin öyinda Gvardiola jamoasi hukmronlik qildi. Avvaliga Serxio Aguero, keyinçalik Jon Stounz va Leroy Sane tomonidan kiritilgan gollar «Siti»ga 5:3 hisobidagi ğalabani keltirdi.

Yevropa Çempionlar ligasi, 1/8 final

Mançester Siti – Monako 5:3 (1:2)

Gollar: Sterling (26), Aguero (58, 71), Stounz (77), Sane (82) – Falkao (32, 61) Mbappe (40).
Mançester Siti: Kabalero, Stounz, Otamendi, Sanya, Fernandino (Sabaleta, 62), de Bryuyne, Ture, Silva, Sane, Sterling (Navas, 89), Aguero (Fernando, 87).
Monako: Subaşiç, Glik, Fabino, Mendi, Rajji, Lemar, Bernardu Silva (Moutinyu, 85), Mbappe (Jyermen, 79), Bakayoko (Dirar, 88), Sidibe, Falkao.
Ogohlantirişlar: Glik (8), Sidibe (25), Aguero (35), Fernandino (40), Otamendi (49), Bakayoko (55), Falkao (67), Sabaleta (73), Bernardu Silva (76), Fabino (81).