Amerikaning Virjiniya ştatida istiqomat qiluvçi kompyuter öyinlari işqibozi Brian Vigneault 24 soatlik xayriya marafoni çoğida World of Tanks öyinini öynayotganda hayotdan köz yumdi, deb yozmoqda Sun naşri.

Gazeta ma'lumotlariga köra, marafon translyatsiyasini Twitch sayti olib borgan. Marafondan maqsad Make-A-Wish Foundation xayriya jamğarmasiga mablağ yiğiş bölgan. Bu jamğarma oğir kasallikka uçragan bolalarning orzu-istaklarini ijro etişga yordamlaşadi. 

Poshybrid laqabi bilan taniş bölgan Brian öyinning 22-soatida çekiş uçun biroz vaqtga öyinni tark qilgan va şundan söng qaytib kelmagan. Moderatorlar va tomoşabinlar uning uxlab qolganini taxmin qilişgan. 

Öşa kuni keçqurun geymerning tanişlaridan biri uni "onlayn" holatida körgan va  maktub yöllagan. Bunga javoban, özini politsiya boşqarmasining detektivi deb taniştirgan kişi Brian Vigneault vafot etganini ma'lum qilgan. 

Virjiniya ştati politsiyasi hodisa tafsilotlarini keltirmagan bölsa-da, Brian Vigneault ölimini tasdiqlagan. Geymerlar jamiyati şu munosabat bilan Facebook ijtimoiy tarmoğidagi Brian Vigneault sahifasida hamdardlik izhor qilgan.