Land Rover kompaniyasi Range Rover Velar nomiga ega bölgan yangi yöltanlamasning ilk tasvirini körsatdi. Modelning rasmiy premerasi 1 mart kuni bölib ötadi, Jyenevadagi avtosalonda esa keng ommaga taqdim etiladi.

Yangilik Britaniya avtomobil işlab çiqaruvçisining seriyasidagi Range Rover Evoque va Range Rover Sport örtasidagi oraliqni töldiradi. Yöltanlamas haqida heç qanday texnik tafsilotlar keltirilmagan.

Land Rover’dan xabar berişlariça, Velar nomi birinçi avloddagi Range Rover sinov nusxalari şarafiga tanlangan – ular aynan şunday nomga ega bölgan.

2016 yilning yozida Land Rover kompaniyasi 2017 yilda Range Rover “oilasi”ni kengaytirişni rejalaştirayotgani haqida ma'lum bölgandi. Öşanda yangilik xaridorlar uçun BMW X6 va Mercedes-Benz GLE Coupe bilan birgalikda kuraş olib borişi xabar qilingan.

Kutilişiça, Range Rover Velar Jaguar F-Pace negizida quriladi. Yangilik motor gammasi Ingenium oilasidagi tört silindrli dvigatellar, şuningdek V6 benzin va dizel agregatlaridan taşkil topadi.