Samarqand viloyatidagi intensiv boğlarning katta qismi Jomboy tumani hissasiga töğri keladi. Sabzavot mahsulotlari yetiştiriş va uni qayta işlaş, yangi turdagi qişloq xöjalik ekinlari parvarişlaş borasida ham tumanda boy tajriba töplangan. Ötgan yili tumanda Gollandiyaning “Beyo-Zaden” va Ukrainaning “Gelios-1” kompaniyalari bilan hamkorlikda intensiv usulda sabzavot yetiştiriş böyiça tajriba almaşildi. Bu haqda ÖzA yozmoqda.
– Ötgan yili tumandagi 22 fermer xöjaligining 20 gektar yerida yangi ekin turlari – pasternak, tsikori, keyl karami, yaşil qovoqça, pirey piyozi (lukpari), brokli karami sinovdan ötkazildi, – deydi tuman qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği A.Obloqulov. – Barça agrotexnik tadbirlar öz vaqtida va sifatli bajarilgani, muhimi, tuproq va iqlim şaroiti töla mos kelgani tufayli uşbu ekinlardan kutilganidan ham ziyod hosil olindi. Yetiştirilgan mahsulotlarning asosiy qismi viloyatdagi korxonalarda qayta işlanib, xorijga eksport qilindi. Şu bois joriy yilda 430 gektar yerda brokli karami, yaşil qovoqça, tsikori, lukpari ekinlari, şuningdek, sabzavotning xorijdan keltirilgan öndan ortiq yangi va serhosil navlarini töqsonbosti usulida yetiştirayapmiz. Bu mahsulotlarni sotib oliş va eskport qiliş böyiça viloyatdagi bir qator korxonalar bilan şartnomalar imzolangan.
2016 yilda tumandagi “Maroqand meva-sabzavot” fermer xöjaligida 350 gektar maydonda pomidorning intensiv navlari yangi usulda ekilib, parvarişlandi. Italiyadan keltirilgan maxsus seyalka yordamida uruğ tarzida ekilgan pomidorning gektaridan örtaça 80 tonnadan hosil olindi.
Ma'lumotlarga köra, töqson kunda pişib yetilgan hosil Germaniyadan keltirilgan maxsus kombaynlar yordamida terib olingan va qayta işlanib, xorijga eksport qilingan. Bu yil xöjalikda yana ham köproq maydonda yangi usulda pomidor yetiştiriş va hosildorlikni 100 tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan.










