Toşkent şahri va uning moliyaviy muassasalari pensiya, nafaqa pullar va maoşlarni naqd pul bilan tölaş böyiça barça xarajatlarni qoplaşni ta'minlaşga tayyor va buni bamaylixotir qila oladi, deb aytdi Toşkent hokimi birinçi örinbosari Nozim Husanov. Bu haqda podrobno.uz naşri xabar bermoqda.
Uning aytişiça, buning uçun muayyan işlar olib borilmoqda. Jumladan, savdo, umumiy ovqatlaniş va xizmat körsatiş korxonlaridan tijorat banklariga naqd pul mablağlarining öz vaqtida va töliq hajmda kelib tuşişi uçun Toşkentda davlat soliq idoralari va banklar xodimlarining maxsus tadbirlari ötkazilmoqda.
Şuningdek, butun tuşumni uning şaklidan qat'iy nazar, bankka topşirişlari kerakligi haqida tadbirkorlar örtasida tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Bundan taşqari, tizim yaxşi işlaşi uçun şahar hokimiyati xaridorlarning özlari ham xarid qilingan mahsulot uçun sotuvçilardan çek berişlarini talab qilişlarini söramoqda.
Husanovning aytişiça, Toşkent banklariga pensiya va nafaqalarni naqd pul körinişida tölaş uçun har oy 167,7 mlrd söm kerak böladi. Bu pullarni Toşkentda yaşayotgan 274,8 ming pensioner oladi.
Ma'lum qilinişiça, byudjyet sohasida faoliyat yurituvçi işçilar, ya'ni öqituvçilar, tibbiy xodimlar va boşqa bir qator işçilarning oylik maoşlarini tölaş uçun har oy 193,9 mlrd söm naqd pul ajratiladi. Köp farzandli va kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalarni tölaş uçun har oy 7,9 mlrd söm kerak böladi.
Bu çoralar Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan yaqinda imzolangan qaror doirasida közda tutilgan. Bu qarorga köra, Özbekiston böyiça pensiyalarning barça turlarini tölaş töliq hajmda naqd pullarda, heç qanday çeklovlarsiz amalga oşirilişi lozim.











