Yaponiyaning Kumamoto qöriqxonasida Kanako laqabli şimpanze yaşaydi - u Daun sindromi qayd etilgan dunyodagi ikkinçi maymun. Primates jurnalida şu haqida ma'lumot berildi.
1969 yilda birinçi marta şimpanzeda 22 xromosomali trisomiya aniqlangan. Xasta jonivorning umri hatto bir yilga ham bormagan, şunday ekan, 1992 yilda tuğilgan Kanako - bunday noqislik bilan uzoq yaşagan birinçi maymun.

U doim nimjon bölgan, yurak sohasida muammolarga ega böliş bilan birga tişlari ham rivojlanmagan. 7 yoşga yetganda katarakta tufayli közlari körmay qolgan. Bularning barçasi Daun sindrom mavjud odamlarga ham xosdir. 2014 yilda yuragidagi muammolar sabab olimlar uni genetik tadqiq qilişga qaror qilişgan va trisomiyani aniqlaşgan.

Kanako boşqa şimpanzelardan alohida yaşaydi va agressiyadan qoçadi. U bir oy davomida öziga ğamxörlik qilgan boşqa bir maymun bilan döstlaşib yurdi. Olimlar hozirça trisomiyaning maymunlar orasida qançalik keng tarqalganini aniq bilişmaydi. Odamlarda har 600 tuğuruqqa bir Daun sindromli bola töğri keladi.












