Ispaniya Milliy sud hay'ati Valtonyc taxallusi bilan maşhur reper Xose Migel Arenas Beltranni 3,5 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. U qirolni haqorat qilgani va terrorizmni qöllab-quvvatlagani uçun şunday jazoga loyiq topilgan. Bu haqda El Mundo gazetasi yozmoqda.

Sudyalarning xulosasiga köra, Valtonyc internet orqali erkin tarzda tarqalayotgan qöşiqlarida Basklar terrorçilik taşkiloti ETAning faoliyatini qöllab-quvvatlaydi. Bundan taşqari, u qirol va qirollik oilasini tahqirlaydi. 

Milliy sud hay'ati fikriça, Konstitutsiya talablari haqida gap ketganda söz erkinligi çeklanadi. Şunga qaramay, reper sud qaroridan norozi bölib, öz sözlarini inkor etiş niyatida emas.