Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lahorda portlash ro‘y berdi
Pokistonning Lahor shahrida payshanba kuni portlash ro‘y berdi, olti kishi halok bo‘ldi, 15 nafardan ortiq inson jarohatlandi, deb xabar bermoqda Samaa telekanali.
Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, portlash ertalabki vaqtlarda tijoriy binolardan birida yuz bergan, u qisman zarar ko‘rdi. Xabar qilinishicha, portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, yaqin oradagi uylar derazalari ham sinib ketgan.
Politsiya portlash sabablarini o‘rganishga kirishdi. Qutqaruv xizmati vakillarining xabar berishicha, generator portlab ketgan.
Shu bilan bir qatorda, terakt sodir etilgan ham bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
18:09 / 18.07.2026
Zangiotadagi propan shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash sababi ma’lum qilindi
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
09:25 / 30.06.2026
Monakodagi portlashda ukrainalik millioner jabrlandi
13:47 / 29.06.2026