Arzon aviakompaniyalar xizmatidan foydalanuvçi xorijiy sayyohlar oqimini “Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi negizida loukoster (arzon narxlarda taşuvçilarni amalga oşiruvçi) kompaniyani taşkil etiş bilan kengaytiriş taklif etilmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga joylaştirilgan «Özbekiston Respublikasida örta istiqbolda turizmni rivojlantiriş böyiça Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etiş çoralari töğrisida»gi qarori loyihasiga taqdim etilgan harakatlar konsepsiyasida şunday çoralar belgilangan.
Sayyohlarni xalqaro va içki yönalişlarda taşiş uçun marketing tadqiqotlarini ötkazgan holda milliy aviataşuvçi raqobatbardoşligini ta'minlovçi charter reyslarni taşkil etiş hamda charter reyslarini amalga oşiriş uçun xorijiy aviataşuvçilarni jalb qiliş rejalaştirilmoqda.
Bundan taşqari, “Özbekiston havo yöllari” MAK tomonidan dunyoning istalgan mamlakatiga sayohatçilarni taşiş böyiça charter reyslarini doimiy asosda yölga qöyişni taşkil etiş közlangan. Bu kabi parvozlar mamlakat içkarisi va xorijiy mamlakatlarga ham talablar bölganda optimal narx-navo asosida amalga oşiriladi. Bu amaliyot sayyohlarni taşiş böyiça xalqaro aviatsiya taşuvlarida keng qöllanilib, doimiy aviareyslarni amalga oşiriş natijasidagi tijoriy xarajatlarni sezilarli tejaş imkonini beradi. Şunga köra,
– Özbekiston hududi böylab sayohat qilayotgan sayyohlar uçun tariflarni pasaytiriş çoralarini işlab çiqiş va joriy etiş, xususan, avia hamda temir yöl taşuvlarini subsidiyalaş;
– havo qatnovlari qoidalarini liberallaştiriş imkoniyatlarini qayta körib çiqiş va “Oçiq osmon” siyosatini joriy qiliş yöli bilan yirik xalqaro aviataşuvçilarni keng jalb qiliş;
– mavjud aeroportlarni rekonstruksiya qiliş va yangilarini quriş, Özbekiston Respublikasi davlat çegarasini kesib ötiş punktlarini barpo qiliş, vertolyot maydonlarini taşkil etiş kabilar taklif etilmoqda.













