Özbekiston Respublikasi jahon sayyohlik bozorida öz örnini mustahkamlab olgan, ammo sezilarli ösiş haqida gap yuritişga erta. Bu Turizm böyiça raqobatbardoş mamlakatlar reytingi bilan ham isbotlanadi. Unda dunyodagi (madaniy zaxiralar, arzon infratuzilma, sayyohlik mahsulotlari narxi, xavfsizlik darajasi, xalqaro şaffoflik jihatidan) eng jozibador 140ta sayyohlik maskanlari qayd etilgan. Uşbu röyxatda Qozoğiston 85-örin, Qirğiziston 116-örin, Tojikiston 119-örinni egallagani holda, Özbekiston bu reytingga kiritilmagan. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga joylaştirilgan Özbekiston Prezidentining «Özbekiston Respublikasida örta istiqbolda turizmni rivojlantiriş böyiça Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etiş çoralari töğrisida»gi qarori loyihasida söz yuritilgan. 

Butunjahon sayyohlik taşkiloti (UNWTO) ma'lumotlariga köra, turizm jahon tovarlar va xizmatlar eksportida törtinçi, daromad keltirişi böyiça uçinçi örinda turadi. Uning jahon YaIMdagi hissasi 10 foizni taşkil etadi. Özbekiston, Butunjahon turizm va sayohatlar böyiça kengaşi (BTSK)ning baholariga köra, sayyohlar kelişi borasida dunyo mamlakatlari orasida 150-örinda. Uning hissasiga umumiy sayyohlar oqimining 0,2 foizi (bu boradagi Özbekiston salohiyati 2,2 foiz) töğri keladi. 

Şu bilan birga, hujjatda qayd etilişiça, 2011−2015 yillarda Özbekistonda körsatilgan turistik xizmatlar hajmi (109 foiz) va xorijiy taşriflar soni ikki baravar (96,8 foiz) oşgani e'tirof etilgan. Yangi turistik korxonalar soni 27,2 foizga ösgan. 

Şunga qaramay, turizm infratuzilmasi, sifat darajasi, sayyohlik xizmatlarini körsatiş holati, mamlakat iqtisodiyotiga qöşayotgan hissasi zamon talablariga javob bermaydi. BTSK baholaşiça, Özbekiston turizm sohasining iqtisodiy hissasi 2015 yilda 1,81 trln söm yoki YaIMning 1,1 foizini taşkil etgan. 864,2 mlrd  sömlik investitsiyalar (barça kiritilgan sarmoyalarning 2,2 foizi) va 200 mln AQŞ dollari miqdoridagi eksport xizmatlarini hisobga olganda YaIMning 3,2 foizini taşkil etadi. Turizmning Özbekiston aholi bandligidagi bevosita uluşi 5 foiz (141,5 ming kişi)dan iborat.