Toşkent, Samarqand va Buxoro Özbekistonning eng muhim sayyohlik markazlari hisoblanadi. Uşbu maskanlarda mamlakatdagi turizm infratuzilmalarining 51,7 foizi joylaşgan bölib, ularning aksariyati xalqaro talablarga mos keladi. Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytida joylaştirilgan «Özbekiston Respublikasida örta istiqbolda turizmni rivojlantiriş böyiça Kontseptsiyasi» loyihasida şu haqda söz boradi.

Ammo, Özbekiston sayyohlik bozorida xalqaro mehmonxonalar brendlarining iştiroki juda sustdir. Barça xalqaro mehmonxona kompaniyalari Toşkentda joylaşgan. Biroq, bu yerdagi narx-navo dunyoning yetakçi sayyohlik yönalişlaridagi mehmonxonalar narxlaridan sezilarli balanddir. Jumladan, 5 yulduzli xalqaro mehmonxonalardagi bir xona qiymati  Yevropa mamlakatlaridagi ayni örin uçun olinadigan narxdan 1,5 baravar köpdir. Narxlarning balandligi esa, mijozlarning kamligi, raqobat muhitining past darajasi hamda biznes-sayyohlarga öta qaramlik bilan izohlanadi.