Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi turizmning rivojlanişi va mamlakatning sayyohlik salohiyatidan yetarli darajada foydalanişga tösiq bölayotgan asosiy sabablarni ma'lum qildi. Muammolar va yeçimlar Özbekiston Prezidentining «Özbekiston Respublikasida örta istiqbolda turizmni rivojlantiriş böyiça Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etiş çoralari töğrisida»gi qarori loyihasida taqdim etilgan. Hujjat matni Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytida joylaştirilgan. 

Hujjatda qayd etilişiça, milliy sayyohlik mahsulotlarining raqobat bardoşligiga yaşaş va aviaparvozlar uçun yuqori narxlar, servis darajasining çeklanganligi, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarning nomukammalligi, qulay sayyohlik axborot ta'minoti (navigatsiya va axborot markazlari) mavjud emasligi, malakali kadrlarning tanqisligi, Özbekistonni xorijda tarğib qilişning zaifligi jiddiy muammolardir. 

Bundan taşqari, sayyohlar uçun ma'muriy va iqtisodiy tösiqlar, viza tartiblari, turizm faoliyati bilan şuğullanişda (litsenziyalaş va sertifikatlaş) davlat nazoratining öta kuçli ekani şunday muammolar sirasiga kiradi. 

«Turizmning ösiş sur'atini va iqtisodiyotning boşqa sohalari, aholi farovonligi ösişiga ijobiy ta'sirini e'tiborga olgan holda hamda atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça çoralar qabul qiliş zaruratidan kelib çiqib, turizm sohasi mamlakat taraqqiyotining barqaror ösişida eng kuçli vositalardan biri bölişi kerak», — deya ta'kidlanadi loyihada.