Çernogoriya taşqi işlar vaziri Srdjan Darmanoviç uning mamlakati şu yil may oyida Bryusselda NATOning sammitida bu taşkilotga kirişiga umid qilişini aytdi. Siyosatçi bu haqda Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida aytib ötdi.
Darmanoviçning aytişiça, Podgoritsa Vaşingtonda AQŞ senati Çernogoriyaning NATOga qöşilişiga ruxsat berişiga rasmiy işonç olgan. "Bu 100 foizga yuz beradi", deb aytgan vazir. Bu jarayonga amaldagi AQŞ ma'muriyatining Moskva bilan munosabatlarni yölga qöyişga intilişi ham xalaqit qilmaydi.
NATOning 2009 yil dekabrdagi sammitida Çernogoriya NATOga a'zo böliş uçun harakatlar rejasini olgan. 2016 yilda mamlakat NATOga kirişi böyiça protokol imzolangan va şundan keyin mamlakat NATOda kuzatuvçi maqomini olgan. Bu protokol NATOning barça davlatlari va Çernogoriya tomondan ratifikatsiya qilingandan keyin Çernogoriya NATOning 29-a'zosiga aylanadi. Protokolni NATOga kiruvçi 28 ta davlatdan 24 tasi ratifikatsiya qilib böldi, biroq AQŞ senati hozirça buni qilmagan.
NATOning navbatdagi sammiti Bryusselda 25 may kuni ötadi.












