Amerikaning Google kompaniyasi egasi bölgan Alphabet Inc. Uber taksi xizmatiga nisbatan sudga murojaat qildi. U mazkur kompaniyani lidar (lazerli lokator) texnologiyasini öğirlaşda ayblamoqda. Mazkur texnologiya haydovçisiz boşqariladigan avtomobillarda qöllaniladi, deb xabar qilmoqda Business Insider naşri.

Xabar qilinişiça, Alphabet Inc. muqobil avtomobillar uçun texnologiyalarni işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Waymo kompaniyasini taşkil etgan. Ayni kompaniya Uber va Google kompaniyasining sobiq muhandislarini lidarni öğirlaşda ayblamoqda. 

«Fikrimizça, uşbu harakatlar Waymo tijoriy rejalari va intellektual mulkini egallab oliş uçun aniq reja asosida amalga oşirilgan», — degan Google egalari.

Taxminlarga köra, Google sobiq xodimi Entoni Levandovski kompaniyani tark etişidan avval, Waymo kompaniyasiga tegişli 14 mingdan ortiq turli çizmalardan yaşirinça nusxa olgan. Ular orasida lidar ham bölgan, Entoni Uber tarkibidagi startapida uşbu çizmalardan foydalangan.