Milliy xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati boşqarmasi xodimlari prokuratura hamda içki işlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda Çirçiq şahri IIB bölim tergovçisini aşyoviy dalil bilan qölga olişdi. Bu haqda Sputnik kuç mahkamasidagi manbaga asosan xabar bermoqda.

Çirçiq IIB bölim tergovçisi bölib işlagan Muzaffar Nurmatov tartib-intizomni bir neça marta buzgan va xizmat vakolatlarini suiste'mol qilgan xodim bölgan. Şu munosabat bilan, xizmat faoliyatini toza “sahifadan” boşlaş maqsadida u 2016 yilning noyabrida Angren IIBga işlaş uçun jönatilgan. Biroq, Nurmatov yangi joyda ham tegişli xulosa çiqarmagan.

"Tergovçi 1,5 ming dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtida qölga olindi. Uning umumiy miqdori 3 ming dollar bölişi kerak bölgan. U bu pullar evaziga fuqaro “B.X.”ga Angrenda yaşovçi “A.X.”ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi böyiça narkotik moddalarning noqonuniy aylanişi bilan boğliq jinoyat işi doirasida jinoiy javobgarlikka tortilmasligini va'da qilgan", - deya ta'kidlab ötgan MXX xodimi.

Dastlabki söroq paytida Muzaffar Nurmatov öz aybiga töliq iqror böldi. Toşkent viloyati prokuraturasi unga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 210 moddasi (“Pora oliş”) ikkinçi qismi böyiça jinoyat işi qözğatdi.