Amerikalik olimlarning ta'kidlaşlariça, oçlikni imitatsiya qiluvçi ovqatlaniş oşqozon osti bezi hujayralarini tiklaşga yordam beradi. Kam uglevodli va kam oqsilli hamda seryoğ mahsulotlardan iborat kam kaloriyali diyeta organizmni "qayta yuklab", oşqozon osti bezi hujaylarida tiklaniş mexanizmini faollaştiradi. Tibbiyotçilarning fikriça, bu kaşfiyot qand kasalligiga qarşi kuraşda yordam berişi mumkin.
Janubiy Kaliforniya universiteti olimlarining Cell naşrida çop etilgan tadqiqoti siçqonlarda ötkazilgan tajribalarga asoslangan. Siçqonlar ma'lum vaqt davomida oç qoldirilib, söngra normal diyetaga qaytarilganlar.
Uşbu diyeta odamlarda ham sinalgan – sinaluvçilar 5 kun davomida faqat kam uglevodli va kam oqsilli hamda seryoğ mahsulotlar tanovul qilganlar, söngra 25 kun davomida ularga nima istasalar şuni yeyişga ruxsat berilgan. Olimlarning fikriça, bunday rejim oçlik davrlarini imitatsiya qilişi kerak.
Olimlarning aniqlaşiça, oçlik davrida siçqonlarda oşqozon osti bezi hujayralarida öziga xos tiklaniş mexanizmi faollaşgan. Şunga öxşaş jarayon asos hujaylarda ham keçadi va şifokorlar uning mavjudligini inson a'zolarining qisman tiklanişga qodirligi bilan ançadan beri tuşuntirib keladilar.
Ammo hanuzgaça bu jarayonni qanday qilib işga tuşiriş ma'lum bölmagandi va uning faollaşuvini oçlik bilan boğlaş heç kimning xayoliga kelmagan.
"Biz agar siçqonlar oçlik yöli bilan juda tuşkun holatga keltirilib, söngra yaxşilab boqilib, normal holatga yana qaytarilsalar, ularning oşqozon osti bezlarida hujayralarni qayta dasturlovçi qandaydir mexanizm işlaşni boşlaşi haqida fikrga keldik. Bu mexanizm organlarning işlamaydigan qismlarini tiklaydi", deb aytdi tadqiqot malliflaridan biri Valter Longo.
"Ilmiy jihatdan uşbu kaşfiyot juda muhimdir, çunki biz genlarni modifikatsiya qilmay, diyeta yordamida hujayralarni qayta dasturlaş mumkinligini isbotladik", deb qöşimça qildi Longo.
Tibbiyot sohasida uşbu kaşfiyot birinçi navbatda qand kasaliga qarşi kuraşda yordam beradi, çunki tajriba siqçonlarida qondagi şakar miqdori barqarorlaşgan. Bunday diyeta qand kasali sababini bartaraf etib, inson organizmida insulin işlab çiqarilişini tiklaşi mumkin.











