Dunyoda hamon 733 million kişi oçlikdan aziyat çekmoqda, ularning aksariyati Afrika mintaqasida yaşaydi. Bu haqda Welthungerhilfe xayriya taşkilotining Berlinda ötkazilgan «Oçarçilik indeksi» hisobotida söz boradi.

Dunyoning 36 ta davlatida töyib ovqatlanmaslik bilan boğliq holat «jiddiy», oltitasida esa «öta jiddiy» deya ta’riflanmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş va yetkazib berişga qurolli mojarolar, xususan, Sudandagi fuqarolik uruşi, global iqlim özgarişining salbiy oqibatlari ta’sir körsatyapti.

Hisobotda keltirilişiça, oçlikdan erkaklardan köra köproq ayollar aziyat çekmoqda. «Diskriminatsion me’yorlar hamda zöravonlik ularning resursdan foydalaniş va inqirozlarni yengiş qobiliyatini çeklaydi. Ularning imkoniyatlarini oşiriş boşi berk köçaga kirib qolgan oçlikka qarşi kuraşda muhim turtki bölişi mumkin», — deb yozadi germaniyalik mutaxassislar.

Welthungerhilfe prezidenti Marlen Time jahon hamjamiyatini oçlik muammolarini yeçişga yetarliça e’tibor qaratmayotganlikda aybladi. Xayriya taşkiloti ma’lumotlariga köra, 2022 yilda dunyoda 800 milliondan ortiq inson oçlikdan qiynalgan.

2023 yilda Time Germaniya federal budjetidan rivojlaniş va gumanitar yordam uçun ajratiladigan mablağlar qisqartirilişini tanqid qilgandi. Welthungerhilfe rahbarining sözlariga köra, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi tomonidan işlab çiqilgan Agenda 2030 dasturi va BMT e’lon qilgan barqaror rivojlaniş sohasidagi 17 maqsad — uzoq muddatli istqibolda oçlikni yengiş uçun yaxşi strategiyadir, ammo uning amalga oşirilişi uçun «siyosiy iroda va birdamlik» kerak.

Ta’kidlanişiça, Germaniya xayriya taşkiloti 2022 yilda butun dunyo böylab 603 ta loyiha doirasida 37 davlatdagi 18,8 million insonga yordam körsatgan. Hisobotga köra, Welthungerhilfe ixtiyorida 341,2 million yevro, şu jumladan, 97,6 million yevro xayriya mablağlari bölgan. Bundan taşqari, Germaniya hukumati va Yevropa Ittifoqidan grantlar ajratilgan.