Global oçlik indeksining (Glodal Hunger Index) yangilangan reytingida Özbekiston birinçi örinda qayd etilgan 22 davlat orasidan joy egalladi. Şu tariqa, mutaxassislar bu respublikada oziq-ovqat bilan boğliq katta muammolar yöqligini tan oldi.
Qayd etilişiça, yakuniy ball qança past bölsa, mamlakatda töyib ovqatlanmaydigan fuqarolar şunçalik kam hisoblanadi. Tadqiqot törtta mezonga, jumladan, kam ovqatlaniş, bolalar böyining ösişi, beş yoşgaça bölgan bolalar ölimi va oçlikdan sillasi quriganlar haqidagi körsatkiçlarga asoslanadi.
Reytingning yetakçilari beş balldan kam töplagan davlatlar böldi. Şunday qilib, Özbekistonda umumiy aholining 2,5 foizdan kamroği töyib ovqatlanmaydi. Şuningdek, bolalarning 6,5 foizida ösiş sekinlaşgan, 2,4 foizida esa sillasi quriş alomatlari kuzatilgan. Beş yoşgaça bölgan bolalar ölimi darajasi 3,1 foizdan oşmaydi.
Oçlik bilan boğliq muammolar bölmagan mamlakatlar orasida sobiq itttifoqning boşqa vakillari ham bor: Litva, Latviya, Estoniya, Belarus, Gurjiston va Rossiya.
Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari bilan boğliq vaziyat quyidagiça: Qozoğiston 25-örin, Qirğiziston 36-örin, Turkmaniston 50-örin, Tojikiston 65-örin. Biroq, bu mamlakatlarning deyarli barçasi oçlik darajasi «past» bölgan iştirokçilar röyxatida, faqat Tojikiston «mö’tadil» toifada.
Afğoniston 127 iştirokçi orasida 116-örinni egalladi. Bu şuni anglatadiki, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan boğliq salbiy vaziyat mavjud: töyib ovqatlanmaydiganlar soni umumiy aholining 30,4 foizini taşkil qiladi. Bundan taşqari, beş yoşgaça bölgan bolalarning 44,6 foizining ösişi zaif, 3,6 foizi esa sillasi qurigan. Bolalarning 5,8 foizi esa beş yoşgaça yaşamaydi.
Afğonistondan taşqari, «jiddiy» oçlik muammolari bor mamlakatlar toifasiga Hindiston, Pokiston, Bangladeş, Şimoliy Koreya va Suriya ham kiritilgan.
Indeksning eng quyi qismida vaziyat «taşvişli» deb hisoblangan mamlakatlar joylaşgan. Bu yerda Afrika vakillari - Çad, Janubiy Sudan, Somali, Madagaskar, şuningdek, Osiyodan Yaman joy olgan.

















