Turli xorijiy ommaviy axborot vositalarida Toşkent viloyati Ohangaron tumani «Yangi hayot» mahalla fuqarolar yiğini hududidagi qoramollar orasida oqsil kasalligi tarqalganligi töğrisida ma'lumotlar tarqatildi. Qişloq va suv xöjaligi davlat veterinariya Boş boşqarmasi boşliği örinbosari S.Oqqiyev boşçiligida bir guruh veterinariya mutaxassislari Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va «Yangi hayot» mahalla fuqarolar yiğini raisi hamrohligida joyiga çiqqan holda epizootik vaziyatni örganib çiqişdi.
«Yangi hayot» mahalla fuqarolar yiğinida uyma-uy yuriş usulida veterinariya mutaxassislari tomonidan olib borilgan örganiş davomida yirik şoxli va mayda şoxli qoramollar orasida oqsil kasalligi belgilari aniqlanmadi. Örganilgan xonadonlarda qoramollardan laboratoriya tekşiruvlari uçun namunalar olindi.
Şu hududda istiqomat qiluvçi xonadonida qoramollari bor fuqarolar bilan suhbatlaşilganda, qoramollarni oqsil kasalligi bilan kasallanganligi va nobud bölganligi böyiça umuman xabarlari yöqligi aniqlandi.
Qişloq va suv xöjaligi vazirligi davlat veterinariya Boş boşqarmasi tomonidan 2016 yilda 4,5 mln doza miqdorida oqsil kasalligiga qarşi emlama sotib olingan va respublikaning bufer hududlaridagi barça yirik şoxli qoramollar emlangan.
Hozirgi kunda respublika hududida epizootik vaziyat özgarişsiz va heç qanday xavotirga örin yöq.












