Iroqda Mösul yaqinida taxminlarça 4 ming jasaddan iborat eng yirik ommaviy qabr topildi, deb xabar bermoqda Telegraph naşri. Hozir bu yerda IŞIDga qarşi operatsiya ötmoqda.

Naşrning yozişiça, Mösulni Iroq poytaxti Bağdod bilan boğlovçi yöl yaqinida, Xasfa tumanida katta öra joylaşgan. IŞID jangarilari 2014 yilda asirga olingan iroqlik harbiylarni öldirib, ularning jasadlarini şu öraga taşlagan. Mahalliy aholining aytişiça, Xasfada qotilliklar IŞID 2014 yil yozida Mösulni egallab olgandan 6 oy ötib boşlangan. 

Guvohlarning aytişiça, köpçilik qurbonlar otib öldirilgan. Ularning aytişiça, öraning çuqurligi unga jasadlar taşlanişidan avval 400 metrdan köproqni taşkil qilgan. Bu voqealarning guvohlardan biri bölgan Mahmudning aytişiça, jangarilar uni bir kun içida 2 mingga yaqin politsiyaçi va harbiylarni ommaviy qatl etişlarini kuzatişga majbur qilişgan. Qurbonlar orasida uning qarindoşi ham bölgan. Mahmudning aytişiça, yana bir holatda öraga içida yazidlar bölgan avtobus ağdarib yuborilgan. 

2015 yil iyunda jangarilar örani yuk konteynerlari va beton devorlar bölaklari bilan töldirib ustidan tuproq tortib, kömib yuborişgan.

Bir hafta oldin Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy Mösulning ğarbiy qismi jangarilardan ozod qilinişi boşlanganini e'lon qildi. 24 fevralda Iroq hukumat kuçlari harbiy baza va Mösul janubidagi qişloqni qaytarib olişgan va şahar ğarbidagi turar joy mavzelariga kirişgan hamda aeroportni töliq nazoratlariga olişgan. Bundan avvalroq Mösulning şarqi töliq ozod qilingandi.