26 fevralda LG kompaniyasi Barselonada özining yangi G6 smartfonini taqdim qildi.     

Kutilganidek, qurilma Snapdragon 821 protsessorida işlaydi va QHD+ (1440 x 2880 piksel) körsatiş qobiliyatiga ega va burçaklari dumaloqlangan 5,7 dyuymli ekran bilan jihozlangan.  

Smartfon yaratuvçilari uning dizayniga alohida e'tibor qaratişgan. Çetki ramkalar kiçraytirilişi hisobiga qurilma ölçamlari 5,2 dyuymli ekranga ega qurilma ölçamlaridan oşmagan va ölçamlari 148,9 x 71,9 x 7,9 mm ni taşkil qilgan.

Qurilma ikkita 13 Mp li kamera bilan jihozlangan. Öz navbatida, 5 Mpli sensorli old kamera 100 graduslik köriş burçagiga ega va bu instagramm uçun kvadrat şaklidagi suratlar olişga imkon beradi. 

Bundan taşqari, smartfon 3300 mA-soat hajmli akkumulyator bilan jihozlangan, Google Assistant aqlli yordamçisi va IP68 standarti böyiça suv va çangdan himoyaga ega. Ma'lum qilinişiça, LG G6 uç xil rang: platina, qora va kulrang korpuslar bilan taklif qilinadi.