Tez orada Özbekistonda ham Chevrolet Cobalt avtomobilining yangilangan versiyasini işlab çiqariş boşlanişi kutilmoqda. Kun.uz manbasiga köra, UzAuto Motors 2025 yildan boşlab uşbu model uçun şartnoma berişni boşlaydi.

Yangilangan Cobalt’ning içki salon qismi va taşqi körinişi qanday bölişi, keyingi yilda ham hozirgi Cobalt uçun şartnoma beriş davom etişi yoki etmasligiga hamda narxiga aniqlik kiritilmadi. 

2022 yilda ham ijtimoiy tarmoqlarda yangilangan Cobalt’ning rasmlari tarqalgandi.

Ma’lumot uçun, UzAuto Motors yangi Cobalt avtomobilini 2019 yildan boşlab işlab çiqarişni boşlaşi reja qilingan edi, ammo kompaniya bu rejadan voz keçgandi.

«Yangi Cobaltʼni yangi deb bölmaydi. Braziliyadagi GM kompaniyasi bu loyihani 2016 yilda joriy qilgan, şu yilning oxirida Cobalt u yerda ham işlab çiqarişdan olinadi. Biz eski modellar ortidan quviş maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaymiz. Şunga köra, yangi Cobalt işlab çiqariş rejasi bekor qilinadi», – deya uşbu qarorga izoh bergandi «Özavtosanoat» AJ boşqaruvi raisi örinbosari Aziz Şukurov.