UzAuto Motors kompaniyasi köplab talab va istaklarni inobatga Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida e'lon qilingan aksiyadagi avtomobillar modellari qatorini Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt avtomobillari bilan töldirayotgani haqida ma'lum qiladi.
Aksiya doirasida umumta'lim, örta-maxsus va oliy ta'lim muassasalarining öqituvçilari uşbu modeldagi avtomobillarni quyidagi şartlar asosida xarid qilişi mumkin:
— 60 foiz oldindan tölov;
— qolgan summa 1 yil davomida foizsiz tölab boriladi.
Muddatli tölovga avtomobil xarid qiliş uçun xaridor yuqorida körsatilgan ta'lim muassasining öqituvçisi ekanligini tasdiqlovçi hujjat (iş joyidan ma'lumotnoma) taqdim etişi lozim.
Şuningdek, avtomobilni garovga qöyiş hamda xatardan suğurtalaş ham mazkur aksiyaning asosiy şartlaridan biri sanaladi.
Şartnomalarni quyidagi dilerlik korxonalaridan oliş mumkin:
- «AS SERVIS» tarmoqlarining dilerlik korxonalari
- «Sergeli Avtotexxizmat» AJ
- «Nurafshon Avtocentr» MÇJ
- «Qaraqalpaqavtotexxizmet» MÇJ
Avvalroq öqituvçilar uçun Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillarini xarid qiliş imkoni mavjud bölgan aksiya haqida e'lon qilingandi.
Aksiya 2019 yilning 30 sentyabriga qadar amal qiladi. Şoşiling, avtomobillar soni çegaralangan.
Yaxşi kayfiyat va yoqimli xarid tilaymiz!
«UzAuto Motors» AJ









