Özbekistonda aholiga tabiiy gaz yetkazib berişni barqarorlaştiriş böyiça keng miqyosli çoralar körilmoqda. "Öztransgaz" kompaniyasi vakillari matbuot anjumanida şu haqda ma'lum qilişdi, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi.
Xususan, bugungi kunga kelib gaz ta'minotida uzilişlarga yöl qöymaslik uçun 68,6 km gaz quvuri kapital ta'mirdan çiqarilgan, 171,9 km gaz kommunikatsiyalari rekonstruksiya qilingan. Bundan taşqari, 7,2 ming kilometrlik gaz quvurining ziçligi örganilgan va havo berib körilgan. 5,6 ming kilometrlik yerosti quvurlarining holati örganilgan. 70,5 ming gaz taqsimlaş punktlari tekşirib körilgan.
"Gaz tarmoqlariga ulanmagan aholi punktlariga suyultirilgan gazni yetkazib beriş böyiça alohida işlar bajarilmoqda. Bu borada 2,5 mln xonadonga tabiiy gaz şu tarzda yetkazib beriladi. Bunda 60dan ortiq gaz töldiruvçi stansiyalar va punktlar aholiga xizmat körsatadi. 200dan ortiq servis xizmatlari gaz ballonlarini tarqatiş bilan şuğullanadi. Şuningdek, suyultirilgan gazni manzilga yetkazişda 237ta sisterna-vagonlar va 90ga yaqin avtosisternalardan foydalaniladi", — degan "Öztransgaz" vakili.
Soha işçilarining ma'lum qilişiça, ötgan yili respublika böylab qöşimça ravişda 20ta gaz töldiruvçi punkt foydalanişga topşirilgan. Aholiga 528 mingga yaqin gaz ballonlari yetkazib berilgan. Şu bilan birga, MAN markali ikkita propan taşuvçi va 32 dona maxsus Isuzu avtomaşinalari xarid qilingan.
Gaz ta'minotidagi yana bir yangilik sifatida şuni aytiş mumkinki, mamlakatda foydalanilgan gaz uçun tölovni yiğiş bilan xususiy operatorlar şuğullanadi. Bu boradagi taklif işlab çiqilgan va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Qayd etiş joizki, hozirda Özbekistonda aholining tabiiy gazdan foydalanganlik uçun debitorlik qarzi juda katta mablağni taşkil etadi. Bu muammoning paydo bölişida ham iste'molçi va yetkazib beruvçi aybdor. Ba'zan iste'molçi tölagan pullarni "Öztransgaz"ning pul yiğuvçilari özlaştirgan bölsa, ba'zi hollarda ayrim iste'molçilar foydalanilgan gaz uçun haqni tölamaslik uçun sohadagi ta'magirlarning "beminnat xizmati"dan foydalanişadi. Ayrim hollarda, iste'molçilarning özlari ham majburiyatlariga e'tiborsizlik bilan yondaşişadi.











