Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XII Milliy mukofoti e'lon qilindi
|04:05 / 28.02.201711 8987 min
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi qator taşkilotlar bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalaştiriş, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etişlari uçun şaroit yaratiş hamda jurnalistlarda tahliliy- tanqidiy muşohada va ijodiy faoliyatga yangiça yondaşuvlarni şakllantiriş maqsadida “Oltin qalam” XII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovni ötkazadi.
3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bağişlangan bu tanlovga 2016 yilning 31 martidan 2017 yilning 31 martigaça – bir yil davomida gazeta va jurnallarda çop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda körsatilgan va internet naşrlarida berilgan materiallar 2017 yilning 10 apreligaça qabul qilinadi. Tanlov ğoliblari uçun quyidagi mukofotlar ta'sis etilgan:
Jurnalistika sohasida boş milliy mukofot
Ğolib maxsus diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va Özbekiston Respublikasida belgilangan eng kam iş haqining 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Asosiy mukofotlar:
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (televideniye – 1-, 2-, 3-örinlar);
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-örinlar);
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (bosma OAV – 1-, 2-, 3-örinlar);
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-örinlar).
Birinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Ikkinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Uçinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Mavzuga oid
Rağbatlantiruvçi mukofotlar uçun nominatsiyalar:
OAVda kitobxonlik madaniyati tarğib qilingan eng yaxşi material uçun;
Çet ellik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali uçun;
Eng yaxşi fotoreportaj;
Eng yaxşi matbuot xizmati.
Mazkur nominatsiyalar ğoliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va eng kam iş haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
“Oltin qalam” tanlovi ğoliblarini mukofotlaş, şuningdek, uni ötkaziş bilan boğliq sarf-xarajatlar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining moliyaviy kömagida amalga oşiriladi.
Şuningdek, milliy hamkorlar hamda qator xalqaro taşkilotlarning Özbekistondagi vakolatxonalari va elçixonalar ham öz rağbatlantiruvçi mukofotlarini ta'sis etgan (ilova qilinadi).
Tanlov şartlari:
Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda internet naşrlarida e'lon qilingan işlar taqdim etiladi (5 tadan kam bölmasligi kerak).
Televideniye böyiça videomateriallar, axborot taşuvçi vositaning qanday körinişda bölişidan qat'i nazar, 3 daqiqadan 30 daqiqagaça bölişi kerak.
Radioeşittirişlar (CD, DVD diskda) 5 daqiqadan 30 daqiqagaça bölişi kerak.
Matbuot va internet materiallari asl nusxada yoki köçirma nusxada taqdim etilişi lozim.
Tanlov ğoliblarini tantanali mukofotlaş marosimi 2017 yil 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni “Turkiston” saroyida ötkaziladi.
Mukofot bir şaxsga takroran berilmaydi.
Materiallar “Oltin qalam” tanloviga deb körsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilişi lozim:
100011, Toşkent şahri, Navoiy köçasi, 30-uy
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi 3-qavat.
Telefonlar: 244-64-61, 244-37-87.
www.journalist.uz
Ilova
Milliy hamkorlar ta'sis etgan nominatsiyalar
Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşi:
«Mehnat munosabatlari mavzusi eng yaxşi yoritilgan material uçun»;
«Ijtimoiy şeriklik mavzusi eng yaxşi yoritilgan material uçun».
Özbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş Jamoat fondi:
«Jurnalistika rivojiga qöşgan hissasi uçun»;
«Soğlom ona va bola yili» Davlat dasturi ijrosi yoritilgan eng yaxşi material uçun».
Xalqaro hamkorlar ta'sis etgan nominatsiyalar
Birlaşgan Millatlar taşkilotining Özbekistondagi vakolatxonasi axborot markazi:
«Özbekiston va BMT hamkorligi yoritilgan eng yaxşi material uçun».
YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi:
«Nogironlar hayoti mavzusi yoritilgan eng yaxşi material uçun».
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti:
«Yoşlarni ekstremizm va terrorizm kabi radikal ta'sirlardan asraş masalalari yoritilgan eng yaxşi material uçun»;
«Mamlakatda davlat hokimiyati organlarining oçiqligi va hisobdorligini oşiriş hamda jamoatçilik nazoratini rivojlantiriş masalalari yoritilgan eng yaxşi tahliliy material uçun». Project HOPE (YuSAID dasturi) (AQŞ):
«USAIDning sil kasalligiga qarşi kuraş dasturi doirasida sil kasalligining oldini oliş va davolaş masalalari yoritilgan eng yaxşi material uçun». D V V International (Germaniya):
«Katta yoşdagilar, ayniqsa, ayollarga ta'lim beriş, qöşimça yangi hunar inson hayoti yaxşilanişiga qanday yordam berganligining eng yaxşi namunalari aks etgan material uçun». “Mintaqaviy muloqot” xalqaro taşkiloti (Sloveniya):
«OAV korrupsiyaga qarşi kuraşda». AQŞning Özbekistondagi elçixonasi:
«Xalq madaniy merosini saqlaş masalalari yoritilgan eng yaxşi material uçun»;
«Özbekiston va AQŞ örtasidagi döstlik va hamkorlik mavzusidagi eng yaxşi material uçun». XXRning Özbekistondagi elçixonasi:
«Zamonaviy “Ipak yöli”ning iqtisodiy salohiyati haqidagi eng yaxşi material uçun»;
«Özbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarini mustahkamlaş (jumladan, Xitoy bilan) borasida olib borilayotgan işlar haqidagi eng yaxşi material uçun»;
«Özbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi örtasidagi döstlik va hamkorlik mavzuidagi eng yaxşi material uçun (ikki mamlakat örtasidagi diplomatik munosabatlar örnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan)».
"Softline" xalqaro öquv markazi (Rossiya Federatsiyasi):
«Axborot xavfsizligi masalalari yoritilgan eng yaxşi material uçun».