Kun.uz muxbiri Jamşid Niyozov tanlovning «Taşqi işlar vazirligi faoliyatini eng yaxşi yoritgani uçun» (internet-jurnalistikasi yönalişida) nominatsiyasi böyiça ğolib böldi.

Ilyos Safarov esa tanlovning Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan ta'sis etilgan «Davlat tilini rivojlantirişga qaratilgan eng yaxşi material uçun» (internet-jurnalistikasi yönalişida) nominatsiyasi böyiça ğolib deb topildi.

Marosimda sözga çiqqan Ilyos Safarov barça jurnalistlarni özbek tilini qöllab-quvvatlaşga va bu haqida köproq yozişga çaqirdi.
Marosimda Internet jurnalistikasi yönalişida Kun.uz muxbiri Abror Zohidov faxrli 1-öringa munosib körildi.

Uşbu yönalişda 2-örinda Özbekiston milliy axborot agentligi boş muharriri Abdujamil Taypatovga, 3-örinda nuz.uz muxbiri Oliya Taişova e'tirof etildi.












