14 may kuni «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida «Oltin qalam» XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

«Kun.uz» veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri Shuhrat Shokirjonov tanlovning internet nashrlari yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi. 

Barcha nominatsiyalar, g‘oliblar va sovrindorlar quyidagicha: 

«Xitoy haqidagi eng yaxshi reportaj uchun» nominatsiyasi g‘olibi – Xitoyning «CGTN Russkiy» va Ozarbayjonning «CBC» telekanallarining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri Barchinoy Jurayeva. 

«O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik yoritilgan eng yaxshi kontent uchun» nominatsiyasi g‘olibi – «O‘zbekiston» jurnali bosh muharriri Asadbek Bobojanov. 

«O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning yanada kengayishini ta’minlashga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun» nominatsiyasi g‘olibi – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi yetakchi muharriri Behruz Xudoyberdiyev. 

«Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi — «Yoshlar ovozi» gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi (gazeta bosh muharriri Hamza Abdullayev). 

«Ma’naviyatni yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ulari targ‘ib etilgan eng yaxshi materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi — Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi ikkinchi darajali muharriri Shohsanam Komilova. 

«Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi — «Yangi O‘zbekiston» gazetasi muxbiri Gulchehra Durdiyeva. 

«Davlat tilini rivojlantirishga bag‘ishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi - O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov. 

«Milliy urf-odat va an’analarimiz aks etgan eng yaxshi materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi - «Jizzax ovozi» gazetasi tahririyati jamoasi (gazeta bosh muharriri Said Donishev). 

«Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun» nominatsiyasi g‘olibi — «Hurriyat» gazetasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha muxbiri Safar Omonqulov.