Bugun, 15 may kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XVII milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning g‘olib va sovrindorlari e’lon qilindi va tantanali ravishda taqdirlandi.

Tanlovda Kun.uz jamoasi a’zolari ham g‘oliblar qatorida e’tirof etildi.

Saytimizda e’lon qilib kelinadigan ko‘plab reportajlar, intervyu va tahliliy materiallar muallifi Jamshid Niyozov “Oltin qalam” tanlovining internet-jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblardan biri sifatida taqdirlandi.

Jamshid Niyozov

Ijodiy-tahliliy materiallar muallifi, kolumnist Shokir Sharipov “Internet tarmog‘ida e’lon qilgan eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasida g‘oliblardan biri bo‘ldi. Shokir Sharipov Kun.uz homiyligidagi kreativ ijtimoiy multfilmlar loyihasi muallifi hisoblanadi.

Shokir Sharipov

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XVII xalqaro tanlovining Bosh milliy mukofoti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti jamoasiga topshirildi. Mukofotni jamoa nomidan fakultet dekani Mahliyo Mirsoatova qabul qilib oldi.