Samarqand şahrida tramvay harakatini yölga qöyiş işlari jadal olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib tramvay yöl iziga tramvay ilk vagoni örnatilgan.
Ayni vaqtda Rödakiy köçasida şpal örnatiş işlari olib borilmoqda, Sartepa (Sattepo) mavzesida esa Buxoro temir yöllari ustalari öz işlarini yakunlagan. Samarqand yangi tramvayning birinçi yönalişi Siyob bozori va gavjum Sartepa mavzesi oraliğida qatnaydi.

"Samarkandskiy vestnik" naşrining eslatişiça, Navröz kuni samarqandliklar tramvay xizmatidan ilk marta foydalanişlari mumkin böladi.
Qayd etiş kerakki, Samarqandda 1947—1973 yillarda ham tramvay qatnovi mavjud bölgan, ammo şahar yöllari torligi tufayli tramvay olib taşlangandi. Eski tramvay atigi bitta yönalişdan iborat edi, u «Şahar temiryöl vokzali — Siyob bozori» qatnovi böylab yölovçilarga xizmat körsatgan.
Keyingi yillarda şaharda, xususan, Rödakiy va Beruniy köçalarida rekonstruksiya işlari olib borilişi natijasida yöllar sezilarli darajada kengaytirilgan va tramvay harakatlanişi uçun şaroit paydo bölgan.
Eslatib ötamiz, may oyida Toşkentdagi oxirgi tramvay yönalişi yopilgan edi. Şundan söng, Toşkent uçun 2011—2012 yillarda Çexiyadan olib kelingan Vario LF tramvaylari Samarqandga olib ketildi.

2016 yilning 5 oktabr kuni Samarqand şahrida bölgan Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev aholiga qulaylik yaratiş borasida zamonaviy tramvay liniyalari barpo etiş zarurligini ta'kidladi va şaharda dastlabki tramvay qatnovini 2017 yil Navröz bayramiga qadar yölga qöyiş haqida körsatma bergan edi.
Şahar köçalarini birinçi tramvaylar harakati uçun tayyorlaş işlarida «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik kompaniyasi xodimlari, Toşkent, Buxoro, Navoiy, Uçquduq va Kogondan kelgan mutaxassislar samarqandlik hamkasblari bilan birgalikda iş olib bormoqda.
Şaharda törtta tramvay tarmoği qurilib, uning jami uzunligi 34,8 kilometrni taşkil etadi.
Quriliş işlari 2 bosqiçda olib borilmoqda. Ötgan yil noyabrida boşlangan birinçi bosqiçda şahar temiryöl vokzalidan Sartepa mavzesigaça 6,4 kilometrlik bölak qurilişi belgilangandi. Bu yölda ikkita aylanma yöl, elektr tokini moslab beruvçi törtta podstansiya va bitta depo bölişi közda tutilgan.












